Shomurodov kelajagi borasida bir qarorga keldi

Khoja
27 iyun 2025, 08:27
“Roma“ hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini A Seriyada davom ettirishga qaror qilgan.

Futbolchi “Kremoneze“ning taklifini qabul qilgan. A Seriyaga qaytgan jamoa 29 yoshli hujumchining transferi uchun 8 million evro to'lashga tayyor. Bu haqida Italiyaning “Gazzetta“ nashri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Eldorga “Kremoneze“dan tashqari Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir“ va Fransiyaning “Renn“ klublari qiziqish bildirgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Gazzetta