Shohruh Xolmatov: "Bunyodkor" ga qarshi bahsda jamoadoshlarimga omad tilayman"

Narzulla Saydullayev
12 may 2018
Xabaringiz bor, "So'g'diyona" himoyachisi Shohruh Xolmatov AGMKga qarshi yoshlar ligasida boshidan jarohat olib maydonni tark etgandi.

Ayni damda u vrachlar nazoratida bo'lib turibdi. Bugun biz Shohruh Xolmatov bilan bog'landik va bo'lajak bahs oldidan fikrlari bilan  qiziqdik.

- Avvalo “So'g'diyona” rahbariyati, murabbiylar shtabi va barcha jamoadoshlarimdan minnatdorchilik bildiraman. Har kuni holimdan xabar olib turishibdi. Hozir ancha yaxshiman. Muhim uchrashuvlarda jamoaga yordam bera olmayapman. Bo'lajak o'yinda “So'g'diyona”ga  omad tilayman. “Bunyodkor” jiddiy raqib ammo men jamoamga ishonaman. O'ylaymanki, o'ydagi mag'lubiyatsiz seriya davom etadi. O'yinni televizor qarshisida kuzataman va qo'llab-quvvatlayman", - deydi Xolmatov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати