Shohruh Ishanov: "Bugun omad biz tomonda bo'ldi"

Mirjalol Normatov
1 iyun 2023
O'zbekiston kubogi musobaqasining 3-turidan o'rin olgan "Andijon-SGS” - “G'ijduvon" (5:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Shohruh Ishanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalo jamoamiz a'zolari va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. "G'ijduvon" jamoasi bilan chempionat doirasidagi safar uchrashuvida mag'lub bo'lgandik. Yigitlar bilan o'tirib, o'sha o'yindagi xatolarni tahlil qildik. Bugun tayyorgarlik samara berdi, g'alabaga erishdik.

- Chempionat doirasidagi "G'ijduvon" bilan bugungisida qanday farq sezdingiz?

- Bugun omad biz tomonda bo'ldi. Chempionat doirasidagi o'yinda ham to'p nazorati bizda, buni raqib jamoa bosh murabbiyi ham takidlagandi. "G'ijduvon" Pro-ligada o'z o'rniga ega jamoa, ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- Ikkinchi davra oldidan rejalar qanday?

- Bizda 17 kuni "Dinamo" bilan o'yin bor, qoldirilgan uchrashuv. Hozir bor e'tiborimizni shu bahsga qaratamiz. Ana undan keyin navbatdagi rejalar haqida o'ylab ko'rsa bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia