

Xabar berganimizdek, 21 yoshli hamyurtimiz mazkur bahsda penalti ishladi va jarima zarbasidan ajoyib gol urdi.
- O'yinni kuzatgan barchaga rahmat. Bu men uchun BATE tarkibidagi 1-o'yin edi. Shu tufayli murabbiylarga o'zimni ko'rsatishga harakat qildim. O'ylaymanki, buning uddasidan chiqdim.
- Jamoa tarkibiga ajoyib jismoniy holatda yetib keldingiz. Ovqatlanishni yoqtirmaysizmi yoki mashg'ulotlarni yoqtirasizmi?
- Albatta, ovqat eyishni yoqtiraman, ammo sport bilan shug'ullanish ko'proq yoqadi. Bugungi poziciyada o'ynash men uchun qulay, bolaligimdan shu ampluada harakatlanganman. "Energetik"da meni o'ngroqda o'ynatishdi, lekin chap tomonda o'zimni yaxshiroq his qilaman.
- Jamoadagi yigitlar qanday ekan?
- Zo'r, meni yaxshi kutib olishdi. "Bitta oila", desam ham bo'ladi.
- Vitaliy Jukovskiy haqida fikrlaringiz...
- Juda yaxshi murabbiy. U hamma bilan yolg'iz suhbatlashadi… Maqtashni ham, tanbehni ham o'z o'rniga qo'yadi.
- Doim tabassum qilib, ko'tarinki kayfiyatda yurasiz...
- Bazan asabiyman, bazan kulaman. Kayfiyatga bog'liq, - deydi Umarov.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumni "Energetik-BGU" tarkibida o'tkazgan Shohboz 4 gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.



