Shodiyor Shodiboev: "Bosh sovrinni O'zbekistonga olib ketamiz"

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2023, 19:15
O'zbekiston U17 hamda Vetnam U17 o'rtasiagi Osiyo Kubogi uchrashuvidan (1:0) so'ng o'yindagi yagona gol sohibi Shodiyor Shodiboev bahs haqida fikr bildirdi.

"Meni qo'llab-quvvalab, duo qilib turgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Bu turnirga 3 yil tayyorgarlik ko'rdik. Vanihoyat o'sha payt keldi. Yaratganga shukr, bu bahsda ham g'alaba qozondik. Shu ruhda davom etamiz".

- Jamoa yetakchilaridan biri sifatida keyingi bosqichdagi raqib haqida nima deya olasiz?

- Butun jamoa keyingi bosqichga tayyor, Xudo xohlasa sovrinni O'zbekistonga olib ketamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA