Shkrinyar va Kozak eng yaxshilari bo'lishdi

Mirjalol Normatov
23 mar 2020, 19:29
"Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar Slovakiyada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

25 yoshli futbolchiga murabbiylar va jurnalistlarning ovozi ko'proq tegdi. Ikkinchi o'rinda esa "Nyukasl" posboni Martin Dubravka qayd etilgan bo'lsa, uchinchi o'rin "Dalyan Ifan" yarim himoyachisi Marek Gamshikka nasib qildi.

Mamlakatda yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida "Slovan" ustozi Yan Kozak tan olindi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal