Shirer Angliya TJ haqida: “Evroda g'olib chiqish uchun bundan yaxshiroq imkoniyat bo'lmaydi”

Eldor Akmurzayev
30 iyun 2021, 21:10
Sobiq forvard Alan Shirer Angliya TJning Evro-2020 1/8 finalida Germaniya ustidan qozongan g'alabasidan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Qur'a biz uchun yaxshi deb ayta olaman. Angliyada hech qachon Evroni yutish uchun hozirgidan ko'ra yaxshiroq imkoniyat bo'lmaydi. Ular "Uembli"da o'ynashdi. Keyingi bahs esa safarda o'tishini bilaman, ammo agar Angliya finalga qadar yetib boradigan bo'lsa, demak, bu "Uembli"da 6 ta o'yin o'tkazishganini anglatadi. Stadiondagi bu kabi atmosferadan ortiqroq narsani so'rashing mumkin emas. Muxlislar futbolchilarning ortida va o'yinchilar ularga o'z hissiyotlari bilan javob qaytarishadi.

Bahsdan oldin Fransiya, Portugaliya yo boshqa termaga qarshi o'ynashimiz ehtimoli bo'lgani tufayli bizni uzoqqa bora olishmaydi deb o'ylashgandi. Biroz kutish va keyin nima bo'lishini kuzatish kerak. Germaniyani mag'lub etdik va buni juda ishonchli tarzda amalga oshirdik”, deydi inglizlar sobiq a'zosi.

Eslatib o'tamiz, Garet Sautgeyt shogirdlarining chorak finaldagi raqibi Ukraina TJ bo'ladi. Mazkur bahs 3 iyul kuni soat 23:59 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport