Shimoliy London derbisi temiryo'l xodimlari tufayli qoldirilishi mumkin

Оқил Абдубарноев
16 sen 2022, 20:46
"Arsenal" va "Tottenxem" o'rtasidagi Shimoliy London derbisi boshqa muddatga ko'chirilishi mumkin.

Bunga sabab sifatida temiryo'l xodimlarining ish tashlashi ko'rsatilmoqda. Qayd etilishicha, Londondagi barcha 12 ta temiryo'l kompaniyasi ish haqi bo'yicha uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan kelishmovchiliklar tufayli 1 oktyabr kuni navbatdagi ish tashlashni rejalashtirmoqda.

Aynan shu kuni "Arsenal" o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qilishi kerak. O'yin o'z vaqtida o'tkazilgan taqdirda ham tartibsizliklar yuzaga kelishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, avvalroq temiryo'lchilarning rejalashtirilgan ish tashlashi tufayli "Brayton" – "Kristal Pelas" uchrashuvi ham boshqa kunga ko'chirilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Sun