Shifokorlar David Silvaning o'g'li hayotini saqlab qolishdi

Tolibjon Qosimov
16 may 2018, 13:02
"Manchester Siti" yarim himoyachisi David Silva o'zining tvitter sahifasida o'g'li Mateo shifoxonada chiqqanini ma'lum qildi.

Bolakay 2017 yilning oxirida muddatidan oldin dunyoga kelgan edi. O'tgan shuncha vaqt davomida shifokorlar futbolchining o'g'lini qutqarib qolish uchun kurashishdi.

"Nihoyat, biz uyga qaytamiz. Biz Kasa-de-Salyud shifoxonasidagi shifokorlardan mana shu uzoq 5 oy davomida ularning professionalizmi va munosabati uchun cheksiz minnatdormiz. Shunchaki rahmat!", - deb yozdi Silva.


Joriy mavsum David Silva "shaharliklar" tarkibida Angliya chempioni va kubogi sohibi bo'ldi. Futbolchi 40ta o'yin o'tkazdi va 10ta gol urib, 13ta golli pas berdi. Shuni qo'shimcha qilish joizki, o'tgan yilning oxirida Xosep Gvardiola o'z o'yinchisiga hayot uchun kurashayotgan o'g'lining yonida bo'lish uchun bir nechta uchrashuvni o'tkazib yuborishiga ruxsat bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/21LVA