Shevchenko: “Ispaniya futboli har doim xalqaro maydonda yetakchi bo'lib kelgan va hozir ham shunday”

6 sen 2020, 07:10
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Millatlar ligasi musobaqasida Ispaniyaga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Ispaniya termasining kuch-qudrati – tarkibdagi ijrochilarda. Bu dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Men terma jamoa murabbiyi Luis Enrikeni juda ham hurmat qilaman. U turnirga jamoasini juda yaxshi tayyorlaganiga ishonchim komil.

Ispaniya termasi mana bir necha yildirki ajoyib tarkibga ega, iqtidorli futbolchilardan tashkil topgan. Ular doim har bir bahsga o'ziga xos tizim asosida tayyorgarlik ko'rishadi. Ispanlar doim xalqaro maydonlarda yetakchilar safida bo'lishgan va hozir ham shunday. Bu yerda ko'plab tajribali murabbiylar va katta klublar bor.

Shu sabab bizda hozir ushbu ajoyib jamoaga qarshi to'p tepish imkoniyati tug'ildi. Millatlar ligasi turniri murabbiylarga jamoasini o'yindan o'yinga, qisqa vaqt ichida kuchli raqiblarga qarshi tayyorlash imkoniyatini taqdim etadi”, deya Shevchenkoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Ukraina futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Ispaniya-Ukraina bellashuvi bugun, 6 sentbyar kuni bo'lib o'tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Украина футбол ассоциацияси матбуот хизмати