Shevchenko Chempionlar ligasi asosiy favoriti nomini aytdi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2018, 17:43
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi va "Milan" sobiq hujumchisi Andrey Shevchenkoning fikricha, "Barselona" joriy mavsum Chempionlar ligasida g'olib bo'lishi mumkin.

"Agar Messi "Chelsi"ga qarshi javob uchrashuvidagidek o'ynashda davom etsa, "Barselona" Chempionlar ligasi g'olibiga aylanadi. Hozir uni to'xtatib bo'lmayapti. U juda yuqori saviyada o'ynamoqda" - deydi Shevchenko.

Kataloniya klubi chorak finalda "Roma" bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo