Sherzod Nasrullaev Qatar bilan o'yingacha safga qaytadimi?

Alisher
30 yanv 2024, 20:16
O'zbekiston MTJ Osiyo kubogi-2023 chorak final doirasida Qatar bilan o'ynaydi.

Terma jamoa himoyachisi Sherzod Nasrullaev katta ehtimol bilan Qatarga qarshi bahsni ham o'tkazib yuboradi.

"O'zimni holatimni bilaman va tuzalmayman deb o'ylayman", - dedi qanot himoyachi saytimiz bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, Tailandga qarshi o'yinni zaxira o'rindig'idan kuzatgan "Nasaf" o'yinchisi guruh bosqich 2-tur doirasidagi Hindistonga qarshi o'yinning tanaffusida jarohat sabab almashtirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia