Sherzod Karimov Surxonda

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2020, 11:16
Surxon jamoasi o'z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan to'ldirishda davom etadi.

O'tgan mavsumning birinchi qismini aynan jamoamiz tarkibida o'tkazgan Sherzod Karimov yana Surxon jamoasi safiga kelib qo'shildi. Futbolchi bugundan jamoaning umumiy mashg'ulotlarida ishtirok etadi. 

Eslatib o'tamiz, Sherzod Karimov o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Toshkentning Lokomotiv jamoasida o'tkazgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сурхон” матбуот хизмати