

Futbolchining "Paxtakor" bilan shartnomasi 31 dekabr kuni o'z nihoyasiga yetishi kerak edi. Sherzod Karimov "sherlar" bilan kelishuvni uzaytirishga qaror qildi. U keyingi yilda ham Toshkent klubi sharafini himoya qiladi.
2015 yilgi mavsumda Sherzod Karimov 28ta o'yinda maydonga tushib 4ta gol urishga erishdi.



