Sherzod Karimov: "Maqsadimiz keyingi yil OCHLda o'ynash"

Narzulla Saydullayev
3 mar 2017, 19:42
"Paxtakor" - "Qizilqum" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar yarim himoyachisi Sherzod Karimov o'z fikrlarini bildirdi.

Mavsum boshi bo'lgani uchun birinchi taymda yaxshi o'ynay olmadik. Ikkinchi bo'limda hujumga ko'proq o'tdik va g'alabaga erishdik.

"Qizilqum" safida tajribali futbolchilar yig'ilgan. Biz raqibni o'rganib chiqdik va ijobiy natijaga erishdik.

"Paxtakor"ning maqsadi doim eng yuqori o'rinlarni egallash va keyingi yil OCHLda o'ynash", - deydi Sherzod Karimov o'yindan keyin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia