Sherzod Fayziev: “Ertadan Toshkentda mashg'ulotlarni boshlaymiz”

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2017, 18:29
Toshkentning “Lokomotiv” klubi horij yig'inini yakunlab toshkentga qaytib keldi. “Temiryo'lchilar” mavsumga tayyorgarlikni qolgan qismini ertadan Toshkentda davom ettiradilar.

“Dubaydagi horij yig'inida asosiy jismoniy holatimizga e'tibor qaratdik. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazdik. Ertalab to'plar bilan ishlagan bo'lsak kechki mahal qumda va trenajyerda ishladik. Jamoaga yangi kelgan futbolchilar bilan yaxshi chiqishib ketdik. Dubayda ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Birinchi o'rtoqlik uchrashuvini “Al-Qodisiya”ga qarshi o'tkazgan bo'lsak ikkinchi uchrashuvni Rossiyaning “Zenit” jamoasi bilan bahs olib bordik. Ikki o'yinda ham nursiz durang qayd etildi. Bunday o'yinlar orqali jismoniy holatimizni tiklayabmiz. Ertadan Toshkentda mashg'ulotlarni boshlaymiz”, - deydi “Lokomotiv” klubi futbolchisi Sherzod Fayziev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia