“Sherdor” tarkibni kuchaytirmoqda

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2019
O'tgan mavsum PRO-Liganing “B” guruhida 2-o'rinni egallab, Superligaga o'tish bahsida ishtirok etgan “Sherdor” yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.

Baxtiyor Sattorov boshqaruvidagi samarqandliklar ayni damda Farg'ona shahrida o'tayotgan “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasida ishtirok etmoqda. Aftidan “Sherdor”ning yangi mavsumda maqsadi yanada jiddiy ko'rinadi. 

Sababi ushbu jamoa tarkibiga “Nurafshon” (Toshkent)dan darvozabon Ravshan Yagudin, “Dinamo”dan himoyachi Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov, yarim himoyachi Ilhom Yunusov hamda o'tgan mavsum “Zomin” tarkibida o'ynab PRO-Liga to'purari bo'lgan Shoxjahon Abbosov hozirda “Sherdor” safida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgani e'tiborga molikdir.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia