Shavkat Saidov: "Qizilqum" mustahkam himoya chizig'iga ega, tartibli jamoa"

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2017, 07:19
“Metallurg” – “Qizilqum” jamoalari uchrashuvidan keyin mezbonlar jamoasi boshlig'i Shavkat Saidov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Shavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: - Bugun havo haroratining nihoyatda ko'tarilib ketganligi o'yin sifatiga ta’sir etmasdan qolmadi. Ayniqsa birinchi taymda jamoa o'yinchilariga tezlikni saqlash, to'pni nazoratda ushlab turish borasida qiyinchiliklar tug'dirdi. Ikkinchi taymga kelgach o'yin tempi oshdi. Menimcha, haqli g'alabaga erishdik. Sababi juda ko'plab gollik vaziyatlar yaratdik. “Qizilqum” mustahkam himoya chizig'iga ega, tartibli jamoa. Ularni yaxshi tayyorgarlik va katta ishtiyoq evaziga mag'lubiyatga uchratdik. Buning uchun futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Bir kunlik dam olishdan so'ng, “Neftchi”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Davralar oralig'ida har bitta o'yin juda muhim ahamiyat kasb etadi, deydi Shavkat Saidov.

"Metallurg" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia