Shavkat Rahmatov: "Hakam mezbonlarga yon bosdi"

Narzulla Saydullayev
18 apr 2016
O'zbekiston Birinchiligining 3-turidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "G'ijduvon" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar sardori Shavkat Rahmatovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Barcha futbolchilar qo'ldan kelgancha o'ynadi. Buning uchun jamoadoshlarimga rahmat! Jismoniy holatimiz pand berdi. Ammo hakamlarda ham xatolar bo'ldi. Qaysi manoda? Ochig'ini aytganda, hakamlar ularga yon bosdi. Xudo xohlasa navbatdagi uchrashuvlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

To'g'ri, mag'lubiyatga uchrashimizga faqat hakamlar aybdor emasman. Bizda ham xatolar bo'ldi. Kamchiliklarimiz ko'rindi. Aytganimdek, jismoniy holatimizni yaxshilashimiz kerak. Yo'l charchog'i yoki suniy maydonni mag'lubiyatga sabab deya olmayman, - deydi Rahmatov.

"Oq-tepa" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia