Shavkat Mirziyoev JCH-2018 ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2018, 17:03
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo'yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurdi.

“Vnukovo-2” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari futbol bayramiga xos ko'tarinki muhitda kutib olindi.

Taomilga ko'ra, Prezidentimizni futbol bo'yicha 2018 yilgi jahon chempionatining ramzi – bo'ri “Zabivaka” qarshi oldi.



Shavkat Mirziyoev “Mundial”ning rasmiy to'piga dastxat qo'ydi.

Davlatimiz rahbari o'g'li Miralisher va nabirasi Miromon bilan bo'ri “Zabivaka” yonida suratga tushdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: president.uz