“Shalke-04” futbolchisi “Yuventus”ga o'tadi

Ueston Makkenni faoliyatini Turinda davom ettiradi.

28 avgust, juma kuni “Shalke” futbolchisi Ueston Makkenni “Yuventus”da tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Turin klubi 21 yoshli yarim himoyachini ijaraga olmoqda. “Yuve” Makkenni ijarasi uchun 3 mln evro to'laydi. Shuningdek, uni kelasi mavsum so'ngida 18 mln evro evaziga sotib olish huquqini ham qo'lga kiritadi.

Makkenni o'tgan mavsum nemis klubi safida 32 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.


Manba: Sky Sport Italia