
"Bavariya" bilan tuzgan shartnomam 2016 yilgacha mo'ljallangan. Klub meni hech qaerga qo'yib yubormasligini bildirdi. Shu uchun endi men bunga ko'nikishimga to'g'ri keladi. "Bavariya" safida qachon maydonga tushsam ham bor kuch-g'ayratimni sarflayman. Mashg'ulotlarda ham mehnat qilishdan qochmayman. Murabbiy menga imkon yaritib berayotganidan xursandman. "Gannover" bilan uchrashuvda maydonga tushganimdan mamnunman. Har doim o'zimni yaxshi taraflama ko'rsatishga intilaman.