

Kuni kecha “Shaxtyor” mahalliy “Liva” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Soligorskliklar ushbu bahsda yirik g'alabaga erishdi. O'yinni asosiy tarkibda boshlagan Shahzod Ubaydullaev 11-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etdi va yangi jamoasidagi dastlabki golini urishga erishdi. Bu goldan biroz oldin Ubaydullaev o'z uslubida akrobatik tarzda ajoyib zarba berdi, ammo to'p himoyachiga tegib qaytdi.
"Shaxtyor" – "Liva" (BAA) 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – Ubaydullaev (11, pas – Ivanovich). 2:0 – Darbo (39, pas – Politevich). 3:0 – Podstrelov (65). 4:0 – Makarenko (87, pas – Politevich).
Shaxtyor: Chernik (Belov, 46), Makarenko, Politevich, Xadarkevich, Sotnikov, Korzun (Lickevich, 75), Zabelin, Ivanovich (Kunskiy, 69), Podstrelov, Ubaydullaev (Shindagoridze, 75), Darbo (Begunov, 46).
Reklama



