Shahram G'iyosov "Uembli"da (VIDEO)

Aziz Tukhtamuradov
20 sen 2018, 18:16
Xabaringiz bor, 22 sentyabr kuni bokschimiz Shahram G'iyosov professional ringda o'zining beshinchi jangini o'tkazadi.

Britaniyadagi "Uembli" stadioni mezbonlik qiladigan jang oqshomida hamyurtimizga nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qiladi. Ma'lumot uchun, Shahram shu kungacha prof ringda to'rt marotaba jang qilib, ularning barchasida g'alaba qozongan (3tasi nokaut). Lagunaning bu boradagi ko'rsatkichi esa maqtansa arzigulik. U 14ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'olib bo'lgan. 10ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.


Hamyurtimiz jang o'tkaziladigan "Uembli" stadioniga bordi va bahsga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, kechaning asosiy jangida superog'ir vazn toifasida Entoni Joshua va Aleksandr Povetkin to'qnash kelishadi.


Shahram G'iyosovning "Uembli"dagi videosini TELEGRAMDAGI KANALIMIZda tomosha qilishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com