Shahboz Beg'amov Superliga qachon boshlanishi haqida yozdi

Narzulla Saydullayev
18 may 2020, 12:02
O'zbekiston Superligasi qachon boshlanishi haqida hozirga qadar rasmiy xabar berilgani yo'q.

"Superliga ehtimol karantin qoidalariga rioya etish chora-tartiblari bilan yozda, aniqrog'i iyunda tiklanishi mumkin.

Chempionatga restart berilgan taqdirda ham barcha tiklangan va davom ettirilishi kutilayotgan ligalar kabi muxlislarsiz o'tkaziladi", - deb yozadi Shahboz Beg'amov telegramdagi o'z kanalida.

Eslatib o'tamiz, PFL bosh direktori o'rinbosari "Tezkor studiya" vaqtida mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berilgach, klublar 14 kun davomida yig'in olib borishlarini shundan keyingina Superliganing 4-tur o'yinlari bo'lib o'tishi haqida aytgan edi

Superliga bahslari to'xtab qolgani futbol gazetalari va ularning xodimlariga jiddiy ta’sir qilgani haqida saytimizda maqola chop etgandik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia