"Sevilya"ga qrashi bahsdan oldin Shekspir "Lester" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
11 mar 2017, 20:45
"Lester Siti" bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajarib turgan Kreyg Shekspir "Sevilya"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan oldin rasman ushbu joyga tayinlanishi mumkin.

Klaudio Raneri iste'foga chiqarilganidan so'ng Shekspir jamoani qabul qilib olgan edi. "Lester" uning qo'l ostida bir xil hisobda (3:1) ketma-ket ikkita g'alabaga erishdi.

"Lester" "Sevilya"ga qarshi ilk uchrashuvda 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports