"Sevilya" MYU futbolchisini ijaraga oladi

Mirjalol Normatov
30 dek 2021
"Manchester Yunayted" forvardi Antoni Marsyal "Sevilya"ga o'tishga yaqin.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, andaluziyaliklar 26 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatisiz ushbu mavsum yakuniga qadar ijaraga oladi. Yaqindagina MYU futbolchi borasidagi taklifni rad qilgandi. Ammo futbolchining o'zi jamoadan kyetishni istayotgani bois agenti bu borada ishlashda davom etdi.

Ushbu mavsumda Marsyal APLda 7 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe