"Sevilya" "Inter" yarim himoyachisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
29 iyul 2024
"Sevilya" "Inter" xavbeki Lyusen Agumening transfer huquqini to'liq sotib olmoqchi.

Xabar qilinishicha, klublar o'rtasidagi muzokaralar faol tarzda davom ettirilmoqda. Agumening o'zi shartnoma shartlari bo'yicha ispanlar bilan kelishib qo'ygan.

O'tgan mavsum futbolchi "qizil-oqlar" safida ijarada to'p tepdi. Milanliklar ushbu transfyerdan 8 million evro ishlab olmoqchi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо