"Sevilya" Gedeshni "Valensiya"dan xarid qilmoqchi. "Ko'rpalaklar" futbolchi uchun 40 mln evro talab qilishmoqda

Alisher
18 may 2021, 15:40
"Valensiya" yarim himoyachisi Gonsalu Gedesh klubini o'zgartirishi mumkin.

O'yinchining xaridiga "Sevilya" qiziqish bildirmoqda.

Andalusiyaliklar "Valensiya" bilan portugaliyalikning ehtimoliy sotuvidan xohlashayotgan narxni bilish uchun bog'lanishdi.

"Valensiya" Gedesh uchun uch yil oldin to'langan 40 million evroni talab qilmoqda. Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca