"Sevilya" direktori Kruz: "Kunde biz bilan baxtli, ammo u yana ham raqobatbardoshroq jamoada o'ynamoqchi"

Alisher
11 iyun 2022, 16:28
"Sevilya" bosh direktori Xose Mariya Kruz himoyachi Jyul Kundening ushbu yozda jamoadan ketish xohishini tushuntirdi.

"Kunde biz bilan baxtli va gap pulda ham emas. U shunchaki raqobatbardoshroq jamoada o'ynamoqchi. Biz uni ertaroq sotishimiz mumkin edi, ammo bir yildan so'ng u qimmatlashadi deb o'yladik", – deydi "Sevilya" direktori.

Kunde uchun bosh da'vogar "Chelsi" hisoblanadi, London klubi uni o'tgan yozdan beri o'z safiga qo'shib olishni xohlaydi. 

Bitim 65 million evro atrofida baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Witness