La Liga. "Barselona" mehmonda "Sevilya"dan to'rtta gol qabul qilib oldi va mag'lubiyatga uchradi

Alisher Ostonov
5 okt 2025
La Liga 8-tur doirasidagi "Sevilya" - "Barselona" o'yini bo'lib o'tdi.

Dastlab Aleksis Sanches 13-daqiqada penaltidan gol urdi. 36-daqiqada Isaak Romero hisobdagi farqni oshirdi. Birinchi bo'lim yakunlanayotgan bir paytda Markus Reshford Pedrining pasidan so'ng "voleybolcha" gol urdi. Xose Anxel Karmona 90-daqiqada, Akor Adams esa 90+6 daqiqada to'p kiritib, "Barselona"ning mag'lubiyatini aniq qilib qo'ydi.


5 okt 2025, 19:15
Sevilla — FC Barcelona
4 – 1
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia