

"Tottenxem" boshqa tomonga harakatlanmoqda. O'tgan mavsum APLda chempionlik uchun kurashganlar hozir kuchli to'rtlikka kira olmasligi mumkin. Yozda ular Mussa Sissoko va Vinsent Yanssen uchun 50 mln. funt sarflashdi, ular esa o'zini ko'rsata olgani yo'q. Jamoa "Monako", "Bayer" va SSKA bor Chempionlar ligasi guruhida qolib ketdi" - deydi Sevij.


