Sevgan qizini tepgan "Liverpul" futbolchisi 12 oy jamoat ishlarida qatnashadi

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2018, 18:14
Angliya sudi "Liverpul" himoyachisi Jon Flenagan ishi borasida o'z qarorini e'lon qildi.

Yanvar oyi boshida futbolchi sevgan qizi Reychel Uollga qo'l ko'targanligi, oyoq bilan ham zarba berganligini e'lon qilingan edi. Flenagan o'z aybini tan oldi. Himoyachi 6 oy qamoq jazosiga ham hukm qilinishi mumkin edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bugun sud qarorini e'lon qildi. Himoyachi 12 oy davomida jamoat ishlarida qatnashadi va 40 soat tekinga ishlab beradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports