Seten "Barselona"ni sudga beradi

Mirjalol Normatov
17 sen 2020, 23:58
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Kike Seten klubni sudga bermoqchi.

Oldinroq klub Seten bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganligini va u o'yinlar davomida zaxira o'rindig'ida o'tirmasligini ma'lum qilgandi.

"Barselona"ga juda ko'p so'rovlar yubordik va nihoyat, kecha klub uzoq muddatlik sukunatdan so'ng ilk marta rasmiy faks jo'natdi. Men, Kike Seten bilan bo'lgan voqeani hamma biladi. 17 avgust kuni meni iste'foga chiqarishdi, oradan bir oy o'tib, 16 sentyabr kuni menga iste'foga chiqqanim haqida xat jo'natishdi (hisob-kitob qilmasdan). Gap shundaki, murabbiylar shtabida ishlagan qolgan murabbiylar ham kecha ishdan ketganligi haqidagi ma'lumotni olgan (hisob-kitob qilinmagan).

Shu sababli bu mojaroli vaziyatni yuristlar qo'liga topshiramiz va ular buni sudgacha ko'tarishadi. Biz o'z huquqlarimizni shu tariqa talab qilmasak, huquqimizni poymol qilishadi", - dedi Seten.

Seten sud orqali klubdan 4 mln evro miqdoridagi tovon pulini undirib olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal