Seten: "Artur so'nggi soniyagacha "Barselona" uchun sodiq bo'ldi"

Mirjalol Normatov
29 iyun 2020, 21:19
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten yarim himoyachi Arturning "Yuventus"ga o'tgani haqida gapirdi.

"Uning "Barselona" uchun berganlarini yoddan chiqarib bo'lmaydi. Artur ham maqsadimiz yo'lida kurashayotgan futbolchilardan biri bo'ldi.

U so'nggi soniyalargacha "Barselona"ga sodiq bo'ldi. Futbolchining o'zi yaxshi jismoniy holatga kirmagunicha maydonga tushmasligi kerakligini aytgandi, men esa shunday qarorlarga kelayotgandim", - dedi Seten.

Katta ehtimol bilan Arturning o'rnini 30 yoshli Miralem Pyanich egallaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal