Seshanba kuni Buffon Italiya terma jamoasi safidagi o'yinlar soni bo'yicha Kannavoroga yetib olishi mumkin

Tolibjon Qosimov
6 sen 2013, 12:15
Italiya terma jamoasi asosiy darvozaboni Buffon JCH-2014 saralash o'yinlari doirasidagi Bolgariya va Chexiyaga qarshi o'yinlarda ishtirok etsa, terma safidagi o'yinlar soni bo'yicha Kannavaro rekordini takrorlaydi.

"Agar hammasi joyida bo'lsa, men katta ko'rsatkichni qayd etishim mumkin. Umuman olganda, bu olindian kutilgan hol edi. Chunki men terma safida ancha yosh paytimdan beri o'ynayman. 

"Men xalqaro maydonda Italiya termasi sharafini himoya qilishimdan doim faxrlanaman. Bu men uchun yuksak sharaf va masuliyatli missiyadir. Buni sen vaqt o'tib, futbolchi va inson sifatida o'sib borganing sari anglab etarkansan. Terma libosidagi har bir o'yin - shunchaki bir uchrashuv emas, ancha yukasakroq bir tushuncha", dedi Buffon. 


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru