Serxio Ramos yana jarohat oldi: oldinda "Real"ni mavsumning eng muhim uchrashuvlari kutib turibdi

Omonjon To`xtamirzayev
1 apr 2021, 17:37
Yaqindagina jarohatidan forig' bo'lgan jamoa sardori yana safdan chiqdi.

Ispan nashrlaridan bir yo'la bir nechtasi "qirolli klubi" sardori jarohat olgani haqida xabar bermoqda.

Arancha MOBILE nashrining xabar berishicha, Serxio Ramos bir oy muddatga safdan chiqdi. Hozircha rasmiy ma'lumot yo'q, ammo xabar tasdiqlansa, Ramos jamoani kutib turgan YCHL 1/4 finali doirasida "Liverpul"ga qarshi ikki o'yin va chempionat doirasida "Barselona" bilan bellashuvni o'tkazib yuborishini anglatadi.    

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia