"Real"ning ko'plab futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Rafael Benitesni qo'llab-quvvatlamoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda Benitesning ishidan norozi bo'lgan ikki futbolchi bor. Bu himoyachi Serxio Ramos va yarim himoyachi Xames Rodriges. Murabbiylar esa kolumbiyalikning bor kuchi bilan o'ynamasligidan norozi.