Serxio Ramos: "Sevilya" hamisha mening uyim bo'lib qoladi"

Tolibjon Qosimov
13 yanv 2017, 11:44
"Real" himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya kubogi 1/8 finali javob uchrashuvi doirasida "Sevilya"ga qarshi o'yin (3:3)dan so'ng ayrim muxlislarning harakatlari o'zi uchun yoqimsiz bo'lganini aytib o'tdi.

"Men hech kimga hurmatsizlik qilmadim. Aksincha, ayrim muxlislardan uzr so'rayman. Menga bu yerda xushtak chalish yoki chalmasliklaridan qati nazar "Sevilya" mening uyim bo'lib qoladi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq onamni esga olgan ishqibozlardan tashqari, barcha "Sevilya" muxlislari hurmatga loyiq", - deydi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca