Serxio Ramos Real muxlislari kutgan gapni aytdi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2018, 09:21
Real sardori Serxio Ramos Leganesga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Bunday g'alabalar irodani mustahkam qiladi. Xuddi shunday davom etish lozim. Qator salbiy natijalardan so'ng o'zimizga kelib oldik. La ligada chempionlik uchun kurashni davom ettirayapmiz va peshqadam bilan farqni qisqartirishga urinamiz. O'yinimizni yaxshilab kamroq gol o'tkazishga urinamiz.

Penaltidan urgan golim? Ronaldu maydonda yo'q bo'lsa 11 metrli jarima to'pini men va Beyl galma-gal tepadi, – deydi Ramos.

Real 24ta turdan so'ng 3-o'rinda bormoqda. Klub peshqadam Barselonadan 14 ochkoga ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com