Serxio Ramos LaLiga tarixida birinchi

Tolibjon Qosimov
10 may 2018
Kecha Ispaniya chempionati 34-turi doirasidagi "Sevilya" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mezbonlar 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

Qizig'i, ana shu bellashuvdan so'ng mehmonlar sardori Serxio Ramos LaLiga tarixiga kirdi. Ramos bahsning 58-daqiqasida penaltidan foydalana olmadi. Keyin 84-daqiqada u o'z darvozasini nishonga olib qo'ydi. Va nihoyat, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggisida penaltidan raqib darvozasini nishonga oldi. Shu tariqa, Ramos LaLiga tarixida bir o'yinda gol urgan, penaltidan foydalana olmagan va avtogol urgan birinchi futbolchiga aylandi.


Ispaniya chempionati turnir jadvali >>>>> LaLiga


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball