Serxio Ramos: Kasilyas dunyodagi eng zo'r davozabon bo'lib qolaveradi

5 avg 2013, 10:11
Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos, klub darvozaboni Iker Kasilyas dunyodagi eng zo'r darvozabon ekanligiga shak shubha qilmayapti, deb xabar beradi ispan OAV.

Ramosning fikricha, uning klubdoshi Iker Kasilyas barcha darvozabonlardan har tomonlama ustun ekan.

“Kasilyas dunyodagi eng zo'r darzozabon bo'lib qolaveradi. Jamoaning so'nggi o'yinlarida Iker o'zini har tomonlama yaxshi ko'rsatdi va biz Iker darvozani qo'riqlayotganligi uchun ko'nglimiz to'q bo'ldi. Unga barcha ishonadi. Lekin Diego Lopes ham so'gnggi mavsumda o'zini har tomonlama ko'rsatdi”, - deydi Ramos.


Manba: championat.com