Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasi safida Iker Kasilyasning rekordini yangiladi

8 okt 2020, 09:22
“Real” sardori Ispaniya terma jamoasi safida Portugaliyaga qarshi (0:0) o'rtoqlik o'yinida zaxiradan maydonga tushdi.

34 yoshli Ramos bu o'yindagi daqiqalar orqali terma jamoa sobiq posboni Iker Kasilyasning rekordini yangiladi. Iker terma jamoa libosida maydonda 13 336 daqiqa harakat qilgandi.

Qayd etish joiz, Ramos Ispaniya milliy jamoasi libosida 173 ta o'yin o'tkazdi. U bu borada rekordchi hisoblanadi. Kasilyas esa 167 ta o'yinda ishtirok etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Испания терма жамоасининг Twitter’и