Serxio Ramos “Espanol”ga qarshi maydonga tusha olmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 fev 2017
“Real” sardori Serxio Ramos YCHL 1/8 finalida “Napoli”ga qarshi bahsda jarohat olgandi.

O'sha bahsda 30 yoshli himoyachi neapolliklar yarim himoyachisi Xose Kalexon bilan to'qnashib ketgandi. Natijada o'yinning 71-daqiqasida “Real” ustozi Ramosning o'rniga Pepeni maydonga tushirishga majbur bo'lgandi.

Payshanba kuni ertalab futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tgach, o'ng oyog'ining son qismidan jarohatlangani ma'lum bo'ldi. Shu sabab Ramos “Real”ning Primero doirasida “Espanol”ga qarshi bahsida maydonga tusha olmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS