Serxio Ramos: “Alba-dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri”

15 okt 2018, 09:05
Ispaniya terma jamoasi sardori Jordi Albaning terma tarkibiga chaqirilmaganiga munosabat bildirdi.

“Biz Jordi bilan ko'p birga o'ynadik. U dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri. Jordi buni bir necha marta isbotlagan ham. Tarkibni esa murabbiy tanlaydi, bu o'yinchilarga bog'liq emas. U murabbiy hammasini o'zi hal qiladi. Jordi bilan do'stona aloqadaman. Ammo uning qaytishi yoki qaytmasligi haqida hech narsa bilmayman”,-dedi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca