Server Jeparov: "Sizning maqsadingiz - Jahon chempionati!" VIDEO

Narzulla Saydullayev
5 fev 2016, 14:05
"Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Server Jeparov futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasiga omad tiladi.

"Hayotingizdagi eng muhim palla keldi. Sizlar qahramon bo'lishingiz mumkin. O'z uyingizda o'ynayotganingizni unutmang, sizlarni xalqingiz va yaqinlaringiz kuzatib borishadi. Ularga quvonch keltiring, barcha siz bilan faxrlansin. Sizning maqsadingiz - Jahon chempionati! Bunga ishoning va albatta erishasiz. Omad!", - deydi Server Jeparov.

Eslatib o'tamiz, 10-21 fevral kunlari Toshkentda futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda eng yuqori 5 o'rinni olgan jamoalar Kolumbiyadagi Jahon chempionatiga yo'llanma olishadi.

VIDEO

TAS-IX


TAS-IX emas

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia