Serra Leonalik 15 futbolchi kelishilgan o'yinda ishtirok etgani uchun futboldan chetlatildi

18 iyul 2014, 13:28
Kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani uchun Serra Leone terma jamoasi sardori Ibrohim Kargbo hamda 14 nafar o'yinchi futboldan butunlay chetlatildi.
Mamlakat sport vazirining ma'lum qilishicha, 2010 yilgi Afrika Kubogi uchun saralash bosqichidan o'rin olgan JAR termasi bilan kechgan o'yinda maydonga tushgan tushgan futbolchilar uchrashuvda gol urmaslikka va o'tkazib yubormaslikka kelishib olishgan. Natijada bahs 0:0 hisobida yakun topgan.

Shuni aytish lozim, Ibrohim Kargbo o'tgan mavsumni Belgiya ikkinchi divizionida o'tkazdi. Shuningdek, uch nafar futbolchi - Ibrohim Koroma, Samuel Barlay va Kristian Kolker ertaga bo'lib o'tadigan Seyshel bilan kechadigan o'yinga taklif olishgandi, biroq ular ham futboldan umrbod chetlatildi. Bu haqda mamlakat sport vaziri Pol Kamara va futbol federatsiya rahbari Isxa Yoxansen rasman qaror qabul qildi.

Manba: championat.asia