Sergey Lushchan: "Navbahor"ga kelganimdan buyon ilk bor o'yinimizdan qoniqdim"

Aslanov Jasurbek
26 avg 2024, 23:17
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Uchrashuv natijasidan va ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqdim. Bu men jamoa boshqaruviga kelganimdan buyon birinchisi bo'ldi. Yigitlarga raxmat aytaman, ular bugun o'zlarining bor mahoratlarini ishga solgan holda harakat qilishdi. Hisob adolatli bo'ldi deb hisoblayman.


Tarkibimizda nomdor va tajribali futbolchilar bor. Shunday ekan, albatta bizdan natija kutiladi. Takidlash joiz, chempionlik uchun kurasha oladigan futbolchilarimiz bor. Biroq, birinchi davrada boy berilgan ochkolar, hozirga kelib jamoadagi duranglar soni 8 ta yetishi bizga mavsum chempionligi haqida o'ylashga fursat qoldirmaydi. Biroq, bo'shashmasdan davom etsak, natija o'zi keladi. Bugun jamoada hamma yaxshi o'ynadi, darvozabondan tortib to hujum chizig'igacha.


- Qoniqarsiz natijalar ortidan bugungi g'alaba "Paxtakor"ga qarshi o'yindan oldidan motivaciya o'rnida xizmat qiladimi?


- G'alaba har doim ishonch kayfiyatini shakllantiradi. Oldimizda mas'uliyatli uchrashuv kutmoqda. Biz "Paxtakor" bilan o'yin uchun ham qolgan jamoalarda bo'lgani kabi tayyorgarlik qilamiz. G'olibga final yo'llanmasi taqdim etiladigan darajadagi mas'uliyatli o'yin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia