

"Zob Ohan"ni galaba bilan tabriklayman. Tarkibdagi boshqa yigitlarga ham imkon berdik. Ular yomon taassurot qoldirmadi. Qayerdadir yaxshi, qayerdadir kutilganidek o'ynay olmadik. Standart vaziyatidan gol o'tkazib yubordik. Ushbu vaziyatda nazoratni yo'qotib qo'ydik. Raqib esa buni jazoladi. Hayot davom etadi. Endi e'tiborimizni ichki musobaqalarga qaratamiz. Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlarimiz qolmagan bo'lsa-da sport tamoyillariga to'la rioya qilgan holda keyingi bahslarda ham g'alaba uchun uynaymiz. Ochko olishimiz kerak va shart. Tarkibimizdagi yoshlarga ishonamiz. Yigitlarimiz OCHL orqali katta tajribaga ega bo'lishmoqda", - deydi Lushchan.
"Bunyodkor" matbuot xizmati



