Sergey Lushan: "Gol o'tkazmaganimizdan xursandmiz"

Narzulla Saydullayev
28 sen 2016
"Buxoro" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Sergey Lushan o'z fikrlarini bildirdi.
"Muxlislarga yoqadigan futbol guvohiga aylandik. Maydon egalari bugun deyarli 90 daqiqa ustunlik qilishdi. Bugun biz gol o'tkazmaganimizdan xursandmiz. "Buxoro"da ko'p golli vaziyat bo'ldi, himoyachilarimiz mahorati evaziga darvozamiz dahlsizligi saqlandi.

To'lib-toshgan stadionda futbol o'ynash zavqi baribir boshqacha, futbolchilar ham bundan zavqlanishadi. Afsus bizning uy o'yinlarimizda barmoq bilan sanarli darajada muxlislarning kirishi bu kulgili albatta. O'zbek futbolining og'riqli masalasini jiddiy tarzda o'rganib chiqish shart", - deydi Lushan.

"Buxoro" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia